Universitet tarixi

Urganch davlat universiteti

Urganch davlat universitetining tashkil topishi oʻziga xos tarixga ega. Tarixga nazar soladigan boʻlsak, 1935-yilning 9-noyabr sanasida Urganch shahrida Xorazm o‘qituvchilar tayyorlash instituti ochilgan. 1942-yilning birinchi sentabr sanasidan e’tiboran esa bu muassasa Xorazm davlat pedagogika instituti sifatida faoliyat yurita boshlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil fevral oyida e’lon qilingan farmoniga asosan, Xorazm davlat pedagogika institutiga universitet maqomi berilib, Urganch davlat universiteti tashkil etildi. Dargoh ta’limiy, tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy faoliyatini zamon talablari, ruhiyati asosida qayta ko‘rib chiqish ishlarini zamonaviy loyihalar asosida 1990-yillar oxirida qurib bitkazilgan yangi binoga o‘tish bilan boshlab yubordi.

Hozirda Urganch davlat universitetida 8 ta fakultet, magistratura va sirtqi bo‘limlarda talabalar ta’limi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, jami 39 ta kafedralarda ming nafardan ziyod professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Universitetda mavjud 106 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi, 41 ta magistratura mutaxassisliklari va 8 ta qo‘shma ta’lim dasturlarida jami 30 ming nafardan ortiq talabalar tahsil olishadi.

Ta’lim jarayonlari xalqaro talablarga moslashtirilmoqda. Joriy o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim jarayoni yangi standartlar va malaka talablari asosida kredit-modul tizimiga o‘tkazildi. Yangi standartlar va malaka talablari asosida kredit-modul tizimiga mos ravishda o‘quv dasturlari, o‘quv rejalari ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Natijada oliy ta’limning me’yoriy-uslubiy tizimi xalqaro standartlarga muvofiq joriy etildi. Ta’lim sifatini ta’minlashni HEMIS elektron ta’lim boshqaruv tizimi orqali nazorat qilindi, ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etildi.

Urganch davlat universiteti xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim va ilmiy sohada hamkorlik aloqalar geografiyasini kengaytirish maqsadida 30 ta mamlakatning nufuzli 80 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari bilan shartnoma imzolab, hamkorlik qilib kelmoqda.

O‘quv jarayonlariga Rossiya, AQSh, Ukraina, Polsha, Sloveniya, Koreya, Eron va Belorus Respublikasi kabi qator davlatlarning oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari jalb qilinmoqda.

Bularning barchasi universitetni har tomonlama yuksaltirish, talabalarning chuqur bilim olishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy moddiy-texnik baza bilan ta’minlash, yuksak ilmiy salohiyatli kadrlarni tayyorlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Hujjatlar

Universitet nizomi

Akkreditatsiya sertifikati

Universitetning ta'lim faoliyati bo'yicha akkreditatsiya sertifikatini onlayn o'qish va yuklab olish uchun quyidagi tugmani bosing.

Yuklab olish

O'quv jarayoni grafigi

2025/2026-oʻquv yili bahorgi semestr uchun mo'ljallangan masofaviy ta'lim o'quv grafigi bilan tanishing.

Yuklab olish
Professor-O'qituvchilar jamoasi

Malakali o'qituvchilarimizning ish tajribasi, ularning yutuqlari va dars beradigan fanlari haqida to'liq tasavvurga ega bo'ling.

O'qituvchilarni ko'rish

© UrDU Masofaviy ta'lim platformasi.